Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilib, ularning intellektual va mantiqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazib kelayotgan oliygoh “Zakovat” turnirining 2-mavsum final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mavsumning ortda qolgan turlaridan farqli o‘laroq, final bosqichida kutilgan va kutilmagan vaziyatlar yuz berib, deyarli so‘nggi o‘rinlarni band qilib kelgan jamoalar o‘rtaga tashlangan savollarning ko‘pgina qismiga javob bergan holda, qolgan jamoalarning sergak tortishiga sabab bo‘ldi.
Yakuniy natijalar esa bunday:
Mutlaq g‘olib va “Zakovat” turniri ko‘chma kubogi sohibi – “Football 1” jamoasi (Futbol fakulteti);
Ikkinchi o‘rin – “Kometa” jamoasi (Sport o‘yinlari fakulteti);
Uchinchi o‘rin – “Forvard” jamoasi (Sportni boshqarish va turizm fakulteti)ga nasib etdi.
Shuningdek, g‘olib jamoalar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.