#õzmaqsadlaringnibil
Bugun universitetning Paralimpiya fakulteti talabalari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokamasi, shuningdek, joriy yilning 30-aprelida bo‘lib o‘tadigan referendumga bag‘ishlangan navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi dotsenti B.Primov tomonidan qilingan ma’ruzada Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini ishlab chiqishdagi muhokamalar, bu borada bildirilgan takliflar asosan qaysi yo‘nalishlarga to‘g‘ri kelishi, shu bilan birga, mazkur yangilanayotgan Konstitutsiyamizdagi normalarining xalqaro standartlarga mosligi hamda inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish davlatning oliy maqsadi etib belgilanayotganligiga alohida urg‘u berildi.
Yakunda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javoblarni olishdi.