Bugun Sportchilar oilasi yaʼni, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Ko‘pkurash sport turlari fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi bo‘yicha navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida universitetning Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi dotsenti Sh.Djumaqulov, katta o‘qituvchi J.Nurullayevalar tomonidan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar davlatimiz olib borayotgan izchil islohotlarning uzviy davomi ekanligi, bu o‘zgarishlar mamlakatning har tomonlama yuksalishida muhim ahamiyat kasb etishi, shuningdek, buyuk davlat arbobi Amir Temurning “Temur tuzuklari” konstitutsiyaning tarixiy namunalariga yaqqol misol bo‘lishi hamda mazkur asosiy qonunga oid boshqa qiziqarli maʼlumotlarning berilishi tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.