Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Kurash fakulteti talabalari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokamasiga bag‘ishlangan yana bir targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent davlat agrar universiteti Gumanitar fanlar kafedrasidan tashrif buyurgan dotsent, yuridik fanlari nomzodi Nargiza Umurzaqova, katta o‘qituvchi Elbek Nazarovlar tomonidan referendum tushunchasi, shuningdek, konstitutsiyamizning yangi tahririda ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, inson huquqlari, ijtimoiy himoya va boshqa sohalarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar xususida batafsil tushunchalar berib o‘tildi.