Bugun 29 mart kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh prorektorlari, dekanlar, kafedra mudirlari va tegishli bo‘limlar uchun Jahon banki loyihasining xalqaro maslahatchisi professor Bastian Baumann ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda «Oliy taʼlimni modernizatsiya qilish» loyihasi doirasida O‘zbekistonda oliy taʼlim tizimining boshqaruv salohiyatini mustahkamlash, mehnat bozorida kadrlar sifati, dolzarbligi va tanlangan oliy taʼlim muassasalarining o‘quv muhitini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi.
Maʼlumot o‘rnida: Bastian Baumann – Xalqaro darajadagi huquqshunos, oliy taʼlim tizimini rivojlantirish bo‘yicha Yevropa sifat kafolati agentligi (EQAA) boshqaruvchi direktori bo‘lish bilan bir qatorda quyidagi nufuzli xalqaro tashkilotlarda ekspert lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda: DAAD (Germaniya akademik almashinuv xizmati), ADEC (Abu-Dabi milliy sifatni kafolati agentligi), EQE (Gruziya milliy sifat kafolati agentligi), QQA (Bahrayn milliy sifat kafolati agentligi), SKVC (Litva milliy sifat kafolati agentligi) va boshqalar. Shuningdek Belorussiya, Misr, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi davlatlarda oliy taʼlim tizimida islohotlar qilinishida katta hissa qo‘shgan, bu borada 18 yillik ish tajribasiga ega.