2023-yil 25-mart kuni Namanganda “Silk-Road Namangan – I” boʻyicha Xalqaro velotrek turnirga strat berildi.
Qiziqarli poygalarga boy tarzda o‘tayotgan ushbu turnirda Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ham bir qator iqtidorli sportchi-talabalari ishtirok etishmoqda. Jumladan, Margarita Misyurina “skretch” yo‘nalishida – oltin, “medison” va elminatiton” bahslarida kumush, Sofiya Karimova – bronza, Dmitriy Bocharov - “medison” bahslarida kumush, “omnium”da bronza, “Team Time Trial” da esa oltin, Edem Eminov – oltin, Danil Evdakimovlar ham – oltin medalni qo‘lga kirtishdi!
Ma’lumot o‘rnida, ushbu nufuzli turnir joriy yilning 2-apreliga qadar davom etib, unda sovrindor bo‘lgan sportchilar Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga zaruriy reyting ochkolarini qoʻlga kiritishi mumkin.
Sportchi talabalarimizga hamisha zafar yor bo‘lsin!