Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktor o‘rinbosari Javoxir Axmedov ishtirokida xorijiy universitetlarda sport sohasida bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish hamda istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha stajirovka dasturi asosida mavjud nomzodlar uchun taklif va munozara shaklida amaliy seminar tashkil etildi.
Unda universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori J.Zarifboyev, rektor maslahatchisi U.To‘raqulov, bo‘lim rahbarlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, magistrant va mustaqil izlanuvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Seminar davomida mutaxassis tomonidan “El yurt umidi” jamg‘armasining maqsad va vazifalari, jamg‘armadagi mavjud stipendiya tanlovlari va ularni o‘tkazish mexanizmlari, shu bilan birga mazkur tanlovlarda nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar haqida qimmatli ma’lumotlar berildi. O‘z navbatida jamg‘arma mutaxassisi seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardi.