Joriy yilning 17 yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ko‘pkurash sport turlari fakulteti dekan muovini D.Qalandarov va fakultet tyutori N.Taraxodjayevalar boshchiligida 4 ta xonadonda ijarada yashovchi jami 26 nafar talabaning yashash tarzi o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida ularga masʼullar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ijara uylarining isitish moslamalari sozligi ko‘zdan kechirildi.
Mazkur jarayonlardan ko‘zlangan maqsad talabalarga anomal sovuq iqlim paytida kerakli shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir