Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori N.Dusanov boshchiligida talabalarni qishki taʼtilga jo‘natish, texnika xavfsizlik qoidalari, yangi yil bayrami vaqtida talabalarning pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik va Talabalar turar joylari shartnoma to‘lovlarining holati bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi U.Turaqulov, Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat bo‘lim boshlig‘i R.Babajanov, Yoshlar ittifoqi raisi X.Tursunov, fakultet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, TTJ tarbiyachi pedagoglari hamda barcha tyutorlar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida yuqoridagi maslalar yuzasidan zaruriy fikrlar bildirilb, ular bo‘yicha mas’ullarga kerakli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.