#UFL_2023
⚽️Joriy yilning 16 dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlari o‘rtasida anʼanaga aylanib ulgurgan universitet futbol ligasi UFL musobaqasining transfer va qura tashlash marosimi o‘tkazildi.
2022-2023 – yil mavsumidagi UFL bahslarida 13 ta jamoa ishtirok etadi. Ular Milliy kurash, Do‘stlik, Ijtimoiy fanlar tarix, Murakkab sport turlari, Psixologiya, Sport tadbirlari, Atlet, Ziyokor, Liderlar, Ko‘pkurash, Kurash, Star, Intellekt jamoalari.
Qurʼa natijasiga ko‘ra “Milliy kurash” jamoasi 1 – turni o‘tkazib yuboradi.Barcha jamoalarga omad tilaymiz!