Bugun universitetning Tibbiyot fakulteti, Аnatomiya va fiziologiya kafedrasida iqtidorli talabalarning ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjuman davomida kafedra professor-o‘qituvchilari talaba-yoshlar tomonidan qilingan taqdimotlarni tingladi va bir qator savollarini yo‘llab, ularni yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi. Shuningdek, qilingan ishlar yuzasidan ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Yakunda esa eng yaxshi taqdimot va ilmiy maʼruzalari bilan qatnashgan talabalar anjumanning fakultet bosqichiga tavsiya etildi.