Hurmatli universitetimiz talaba-yoshlari!
Joriy yilning 15-16 dekabr kunlari universitet talabalari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlaridan “Universiada – 2022” sport musobaqasi saralash bosqichi o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan oliygohimizning barcha talabalarini mazkur musobaqaga taklif qilib qolamiz.
G‘oliblar “Universiada – 2022” sport musobaqasi final bosqichi uchun yo‘llanmaga ega bo‘lishadi.
Ishtirok etish istagini bildirgan talabalarni 14-dekabr sanasiga qadar shaxmatdan, 15-dekabrgacha esa shashka bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz.
Musobaqa o‘tkazish joyi: universitet A binosi 302-xona.
Vaqti: 10:00 da.
Masʼul: Sport menejmenti va iqtisodiyot kafedrasi (308-xona).
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +99 894 167 67 07.