Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Futbol fakulteti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga qarashli 98157-harbiy qism askar va xodimlari ishtirokida “Vatan muqaddas, uni asramoq- mardlarga xos” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 98157-harbiy qism batalyon komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, mayor А. Turg‘unov, batalyon askarlari, universitet Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i A.Yusupov, Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Sh.Abidov, fakultetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.Xolmuratov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida harbiylar tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlar talaba-yoshlarda ona Vatanga muhabbat, sadoqat va mardlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, Milliy gvardiya askarlari hamda fakultet talabalari o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yini ham o‘tkazildi.