Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida IIB xodimlari ishtirokida “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish” hamda yoshlar orasida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilmasdan oldin, uning profilaktik choralarini ko‘rish mavzularida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda IIB akademiyasi huquqbuzarliklar profilaktikasi va kriminologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik D.Qushbaqov, akademiya katta o‘qituvchisi, podpolkovnik U.Shodmonov, IIB akademiyasi jinoyat qidiruv faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik A.Abdulxayev, universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori N.Dusanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplyanes nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Risboyev, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mehr, go‘zalikk timsoli bo‘lgan ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligi, davlatimiz tomonidan ularning manfaatini ifodalovchi va himoyalovchi qator huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ayollarga ko‘plab imtiyozlar joriy etilayotganligi to‘g‘risida fikr-mulohazalar bidirildi. Ayniqsa, O‘zbekiston “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilgan sanoqli davlatlar qatoriga kirishi alohida qayd etildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar oldini olish, ta’lim muassasalarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya etishlari, turli korrupsion ko‘rinishidagi hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, agarda mana shunday odob-axloq normalaridan chetga chiqilsa, qonuniy tarzada javobgarlikka tortilishlari mumkinligi haqida qattiy ogohlantirildi.
Tadbir yakunida esa talabalar tomonidan soha mutaxassislariga savollar yo‘llanib, ularga atroflicha javoblar olishdi.