Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ko‘pkurash sport turlari fakultetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tomonidan Toshkent viloyati 14-sonli mehribonlik uyida “Insoniylik – oliyjanob fazilat” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida bir qator qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. Shuningdek, qizlarga pazandachilik sirlarini o‘rgatish maqsadida mazali pishiriqlar tayyorlandi.
Yakunda esa fakultet vakillari tomonidan bolalarga turli xil sovg‘alar berildi.