Toshkent shahrida joriy yilning 18-oktabr kuni "InnoWeek.uz-2022" Xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Ko'rgazmaga doirasida O'zbekiston va xorijiy mamlakatlar vakillari tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan innovatsion texnologiyalar, al`ternativ va energiya tejamkor mahsulotlar, yashil innovatsiyalar taqdim etilmoqda.
Ahamiyatlisi, mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan 10 dan ortiq ishlanmalar ham namoyish etilmoqda.
«InnoWeek.uz-2022» tadbirlari keng qamrovda davom etmoqda.