Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida magistratura talabalarining bandligini ta’minlashga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent viloyati filiali rahbari D.Karimov, bo‘lim bosh inspektori M. Latibov, universitet Yoshlar masalalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori N.Dusanov, Magistratura bo‘lim boshlig‘i F.Muhammadjonov hamda magistrantlar ishtirok etishdi.
Suhbat davomida mutaxassislar tomonidan davlat fuqarolik xizmatiga yo‘l doimo ochiq ekanligi, agentlikning ishlash tizimi va u orqali barcha o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashish tartibi ancha osonligi to‘g‘risida bir qator qimmatli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, davlat rahbarining joriy yil 8-avgustda imzolagan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuning mazmun-mohiyati haqida ham so‘z yurtildi.