Xabaringiz bor, Bahrayn Qirolligi poytaxti Manama shahri mezbonlik qilgan 2022-yilgi og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati oʻz poyoniga yetdi.
🇺🇿Oʻzbekiston terma jamoasi jami 6 ta oltin, 3 ta kumush va 10 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
E'tiborlisi, O'zDJTSU talabalari ham ushbu nufuzli musobaqada yaxshi natijalarini qayd etishdi. Medallar jamg'arish bo'yicha to'liq tarkib bilan ishtirok etgan erkaklar terma jamoamiz:
🥇6 ta oltin;
🥈2 ta kumush;
🥉5 ta bronza bilan Eron, Xitoy va Qozog'iston singari davlatlarni ortda qoldirib birinchi o'rinni egalladi.

💐Kelgusi musobaqalarda sportchilarimizga ulkan zafarlar tilab qolamiz!