2022-yil 14-15 oktabr kunlari “Universiada – 2022” sport musobaqalari doirasida sportning futbol hamda stol tennisi turi bo‘yicha viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining sport klublari terma jamoalari ishtirokida navbatdagi viloyat birinchiligi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari terma jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib borishdi. Shuningdek, O‘zbekiston davlat jismonbiy tarbiya va sport universiteti rektori M.Boltabayev futbol bo‘yicha musobaqa jarayonlariga start berilishi oldidan terma jamoa murabbiylari bilan suhbat o‘tkazdi hamda barcha jamoalarga omad tiladi.
Qizg‘in jarayonlarga boy tarzda o‘tgan musobaqalar yakunida esa quyidagi natijalar qayd etildi.
Futbol sport turi bo‘yicha ishtirok etgan 6 ta jamoa orasidan:
1-o‘rin – O‘zDJTSU jamoasi,
2-o‘rin – TDTU Olmaliq filiali,
3-o‘rin – ChDPU Pedagog jamoasi.
Stol tennis sport turi bo‘yicha o‘gil bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin F. Shodmonov – O‘zDJTSU jamoasi,
2-o‘rin L. Hoshimov – MTTU Olmaliq filiali (Rossiya),
3-o‘rin Sh. Sulaymonov TDAU Qibray jamoalari egalladi.
Qizlar bo‘yicha:
1-o‘rin S. O‘rinova – O‘zDJTSU jamoasi,
2-o‘rin D. Xo‘djabayeva – TDTU Olmaliq filiali,
3-o‘rin A. A’zamova – TDAU Qibray jamoalari egalladi.