Quvaytda o‘tkazilayotgan Kuweit U18 Asian Athletics Chempionships musobaqasidagi terma jamoa vakillari safida bo‘lgan O‘zDJTSU talabalarining munosib ishtiroki davom etmoqda.
Universitetning yengil atletika yo‘nalishida tahsil olayotgan yana bir talabamiz Xushnoza Shavkatova uzunlikka uch hatlab sakrash bahslarida 12.23 m natija bilan musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
E’tiborlisi, ushbu turda 1-o‘rinni ham bizning hamyurtimiz U20 yosh toifasidagi Jahon rekordchisi Sharifa Davronova egallab, u 13.23 m natijani qayd etdi.
Har ikkala sportchi qizlarimizning ota-onasi va murabbiylarini ushbu g‘alaba bilan muborakbod etamiz!