Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sog‘liqni saqlash, nogironlik va reabilitatsiya bo‘yicha mustaqil maslahatchisi Viola Gregori ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Unda Paralimpiya fakulteti dekani O.Dadaboyev, fakultetning Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri M.Mirjamolov, kafedra dotsenti Svetlichnaya Neilya, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida universitet va xalqaro fizioterapevtlar assotsiatsiyasi bilan fizioterapiya (kinezioterapiya) sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.