Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridan tashrif buyurgan tajribali futbol murabbiy A.Tarasov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda fakultet dekani Damir Ismagilov, Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Shavkat Abidov, professor-o‘qituvchilar hamda fakultet talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida xorijiy mutaxassis tomonidan futbol sport turining boshqa sport turlaridan bir qancha jihatlari bilan farq qilishi, unda tinimsiz mehnat natijasida yuqori natijalarga erishish mumkinligi, shuningdek, hakamlar o‘z bilimlarini doimo oshirib borishi va eng muhimi taktikalarni to‘g‘ri yo‘naltira bilish zarurligi kabi turli masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Uchrashuv yakunida esa savol-javoblar o‘tkazilib, faxriy mehmonga esdalik sovg‘alari topshirildi.