Yig‘ilishni kuzatuv kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri A. Ikramov olib bordi.
Kuzatuv kengashi kun tartibida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va filiallarida (Nukus, Farg‘ona) 2022-2023 o‘quv yili qabul jarayonlarining yakunlari, 2022-2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv-meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash, universitetga malakali kadrlarni jalb qilish, xizmatchi xodimlar hamda professor-o‘qituvchilarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish, universitetning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish kabi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.