Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita vakili ishtirokida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxasisi V.Hamidov, universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori N.Dusanov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor B.Musayev hamda barcha rahbar xodim va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida diniy dunyoqarashni ma’rifatga yo‘g‘irilgan bilimlar bilan to‘ldirib borish, ayniqsa, ta’lim maskanlarida yoshlarning dinga to‘g‘ri va oqilono munosabatini shakllantirish, uning mohiyatini to‘laqonli tushintirish, shuningdek, diniy ekstremiz hamda missionerlikning oldini olish kabi dolzarb maslalalar yuzasidan fikrlar bildirildi.