Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universaitetiga Buxoro davlat universiteti rektori O. Xamidov universitet bo‘yicha so‘nggi yillarda olib borilgan qurilish ishlari bilan tanishish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi.
Tashrif davomida faxriy mehmon O‘zDJTSU rektori M.Boltabayev hamrohligida oliygohdagi mavjud sport inshootlari, o‘quv binolari, talalabalar turar joyi binoasi va unda yaratilgan sharoitlar, ARM, Talabalar madaniyat saroyi, shuningdek, universitet faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi.
Tashrif so‘ngida esa BuxDU rektori universitetning qisqa vaqt ichida yuqori natijalarga erishganligi to‘g‘risida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.