Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida universitet rektori, professor Mahmudjon Boltabayev boshchiligida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish borasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor N.Dusanov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor I.Axmedov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor I.Ibragimov, Bosh yuriskonsult B.Sirojov va barcha fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida, avvalo, yangi 2022 – 2023 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, barcha rahbar va ishchi xodimlar o‘zlarining funksional vazifalaridan kelib chiqib, lavozim yo‘riqnomasini shakllantirishi, me’yoriy-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lishi hamda kun tartibidagi boshqa masalalar to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida esa yuqoridagi masalalar yuzasidan savol-javoblar bo‘lib, universitet rektori tomonidan tegishli topshiriqlar berildi.