Bugun xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi deputati Ravshan Dastirov hamda Yunus Rustamov ishtirokida O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Madaniyat saroyida universitet mehnat jamoasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokama qilindi. Xususan, Konstitutsiyaning 15, 16, 25 va 37-moddalariga kiritish tavsiya etilayotgan normalar keng muhokama qilindi.
Bunday uchrashuvlar mahalla va mehnat jamoalarida davom etmoqda.