O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishning mazmun-mohiyati bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent viloyati hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va ayollar daftariga kirgan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Z.Maxsudova, Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi F.Ibrohimov, universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor N.Dusanov, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i J.Mamanov hamda ishchi xodimlar, professor-o‘qituvchilar, tyuterlar, shu bilan birga universitet hududidagi MFY faollari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yurtimizda kechayotgan siyosiy jarayon, ya’ni “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mohiyati, u bo‘yicha tuzilgan maxsus komissiya, qonun loyihasi asosida Konstitutsiyaning 66 ta moddasiga 170 dan ortiq tuzatishlar kiritilayotgani, mazkur siyosiy jarayonlarni esa keng jamoatchilikka yetkazishda pedagoglarning o‘rni katta ekanligi, shuningdek, xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, gender tengligi kabi qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.