#xalqaro_hamkorlik
Xorij safarida bo‘lib turgan O‘zDJTSU vakillari joriy yilning 22-iyun sanasida Litva Respublikasining, Druskininkay shahrida joylashgan Litva sport markazi hamda uning yuqori malakali sportchilarning reabilitatsiya qilish va davolash bo‘limida bo‘lishdi.
U yerda vakillarimiz Litva sport markazi direktori Linas Tubelis bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda kelgusidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, yuqori malakali sportchilarni xorijiy yig‘inlarini hamkorlikda tashkil etish taklifi bildirildi.
Mazkur sport markazi Litva Respublikasining davlat muassasasi hisoblanadi. Uning maqsadi sportchilarni tayyorlash, jismoniy tarbiya va jamoatchilik uchun foydali bo‘lgan sport tadbirlarini tashkil etishdan iborat. Markazda katta stadion, suv havzasi hamda 30 ga yaqin sport turlariga ixtisoslashgan sport zallari faoliyat olib boradi.
Uchrashuv so‘nggida tomonlar esdalik sovg‘alari almashishdi.