Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Chirchiq shahar prokrori o‘rinbosari D.Davlatov, universitet rektori, professor M.Boltabayev, Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor N.Dusanov, Talabalar orasida ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi U.Turakulov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Risboyev, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar hamda ishchi xodimlar ishtirok etishdi.
Tadbirda Chirchiq shahar prokrori o‘rinbosari D.Davlatov tomonidan korrupsiya hamon iqtisodiy o‘sish va taraqqiyotga halal beruvchi xatar bo‘lib qolayotgani, ayniqsa, uning eng katta ulushi ta’lim tizimiga to‘g‘ri kelishi achinarli holat ekanligi takidlandi.
Shuningdek, universitet rektori, professor M.Boltabayev yurtimizda keyingi yillarda oliy ta’lim sohasida xizmat qilayotgan xodimlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilib, ularning jamiyatimizdagi ijtimoiy mavqei yanada mustahkamlanayotganligini alohida qayd etdi. Hususan, professor- o‘qituvchilar imtiyozli kreditlar asosida uy-joy, transport vositalari bilan ta’minlangani, oylik ish haqiga ustamalar joriy etilganini islohotlarning mantiqiy davomi ekanligini qayd etish joiz.
Tadbir so‘ngida soha mutaxassisi va universitet rahbari tomonidan yig‘ilganlarning barchasiga yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda korrupsiyaning ishtirokini tamomila yo‘q qilish barchaning birdek vazifasi ekanligi qayta-qayta takrorlandi. Shundan so‘ng korrupsiyani oldini olishga qaratilgan videoroliklar namoyish etildi.