Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Futbol fakulteti hamda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi bilan birgalikda “O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusida respublika ilmiy-nazariy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori, professor O.Jamoliddinova, universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori v.v.b A.Shopo‘latov, O‘zbek tili va adbiyoti kafedrasi mudiri N.G‘affarov hamda respublikada ushbu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, magistrant va talabalar ishtirok etishdi.
Anjuman davomida ishtirokchilar tomonidan jismoniy madaniyat sohasi tushuncha va atamalarining o‘ziga xos ba’zi xususiyatlari, o‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi, sport terminlarini shakllantirishdagi yutuq va kamchiliklar, davlat tilini takomillashtirishda til va huquq integratsiyasi, talabalarning nutqiy-muloqot kompetentligini rivojlantirish hamda boshqa bir qator mavzularda taqdimotlar qilindi.
Anjuman yakunida esa ma’ruzalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, faol ishtirok etgan barcha taqdimotchilarga sertifikatlar topshirildi.
O‘zDJTSU axborot xizmati