2022-yil 23-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalar orasida yuzaga kelayotgan turli huquqbuzalik va jinoyatchiliklar oldini olishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Chirchiq shahar Ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimi, katta leytenant F.Vaxobov, universitetning Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul bo‘lgan rektor maslahatchisi U.Turakulov, universitet, Sportni boshqarish va turizm fakulteti dekani A.Tillaxodjayev, Yoshlar yetakchisi X.Tursunov hamda ushbu fakultetning 2- va 3-bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ijtimoyi tamoqlarda tarqalgan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talalabalar turar joyidagi janjal aks etgan video namoyish etildi. Eng achinarlisi, ushbu tartibsizlikda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari ham borligi qattiq tanqid ostiga olindi. Shuningdek, hozirda holat bo‘yicha tergov ishlari ketayotgani, endilikda bunday noxush vaziyatlar takrorlanmasligi uchun talabalarning belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishlari, ularning asosiy vazifasi bilim olish ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Barchani ogoh bo‘lishga undagan tadbir yakunida savol-javoblar o‘tkazilib, boshqa zaruriy ko‘rsatmalar berildi.
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy