Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joriy yil 17 – 21-may kunlari “Sport bizni birlashtiradi” shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodim-izlanuvchilari, tyuter va ishchi- xizmatchilar o‘rtasida ommaviy sport turlari bo‘yicha universitet birinchiligi musobaqasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Besh kun davomida xodimlar jamoaviy tarzda sportning yengil atletika, voleybol, shaxmat, stol tennisi va mini-futbol turlari bo‘yicha bahs olib borishdi.
Yakuniy bosqichda g‘olib deb topilgan, jamoa va sovrindorlar, faol ishtirok etgan xodim hamda hakamlar turli darajadagi diplom, medal, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.