Ayni damda, Markaziy Osiyo mamlakatlari yoshlari o‘rtasidagi ishonch va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan “Markaziy Osiyo Yoshlar forumi” davom etmoqda.
Kuni kecha forum doirasida xalqaro yosh shaxmatchilar turniri tashkil qilindi. Ushbu turnirning mukofot jamgʻarmasi 110 000 000 soʻmni tashkil etib, unda jami 33 nafar shaxmatchilar kuch sinashdi.
Quvonarli jihati shundaki, turnir ishtirokchilari orasida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Sportni boshqarish va turizm fakulteti talabasi Aziza Tursunova ham yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. Barcha raqiblarini ortda qoldirib, birinchi oʻrinni egalladi.

Turnir yakunida g‘oliblar esdalik sovg‘alari va pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.