Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar qo‘mitasi vakili J.Miliqo‘ziyev ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat mavzusida” uchrashuv tashkil etildi.
Unda universitet rektori M.Boltabayev, universitet prorektorlari, dekanlar, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Mamlakatimizda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabati, islom dinining tinchlikparvarlik mohiyati hamda islom dinida mutaassiblik va jaholatning qoralanishi, “jaholatga qarshi maʼrifat” bilan kurashish g‘oyasining ahamiyati, ekstremizm g‘oyalari taʼsiriga tushib qolgan, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish kabi bugungi kunning bir qator dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, “Jar yoqasida” va “Soxta daʼvolar” nomli videoroliklar namoyish etildi.
Tadbir yakunida esa yuqoridagi masalalar hamda aytib o‘tilgan fikrlar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.