Bugun universitet Madaniyat saroyida Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakulteti hamda Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan “Qishki Olimpiya va paralimpiya sport turlarida zamonaviy ilm-fan” mavzusida onlayn Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet professor-o‘qituvchilari, magistrantlar, talabalar, shuningdek, onlayn tarzda Sankt-Peterburg jismoniy Madaniyat ilmiy tadqiqot instituti, Belarusiya davlat jismoniy tarbiya instituti, Povojlsk davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universitetining olimlari va soha murabbiylari ishtirok etishdi.
Anjuman davomida bir qator ishtirokchilar tomonidan qishki sport turlari bo‘yicha jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ilmiy pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish hamda ushbu sport turlari bo‘yicha xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish muammolari va istiqbollari mavzusida taqdimotlar qilindi. Har bir taqdimot so‘ngida esa savol-javoblar o‘tkazildi.
Anjuman yakunida faol ishtirok etgan barcha taqdimotchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.