Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7-mart sanasidagi 101-F farmoyishi asosida “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish: muammo va yechimlar” mavzusida respublika miqyosida ilmiy anjuman o‘tkazildi.
Universitetning madaniyat saroyida o‘tkazilgan ilmiy anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” markazi, Termiz davlat universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, O‘zDJTSU O‘zbek tili kafedrasi, I bosqich magistratura talabalari hamda Xorijiy tillar kafedrasining bir qator professor-o‘qituvchilari o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Mehmonlar qatorida Chirchiq oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurti kursantlari hamda universitetimiz I bosqich magistrlari xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.