11-mart kuni universitetimizda doktorantlar va iqtidorli talabalarga “Ilmiy maqolalarni shakllantirish va chop etishdagi muammolar va istiqbollar” mavzularida navbatdagi seminar o'tkazildi.
📝Mazkur tadbir ilm-fan sohasida yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish maqsadida o‘tkazildi.
➡️Seminarda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh. Gaziyev so‘zga chiqib, zamonaviy ilmiy tadqiqot olib borish jarayonlari, ilmiy maqola yozish metodologiyasi, xalqaro va respublika ilmiy jurnallar talablari, maqolalarni rasmiylashtirish me’yorlari hamda plagiat masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Scopus, Web of Science kabi nufuzli ilmiy maqolalarni chop etish tartibi va talablari haqida tushuntirishlar berildi.
🔘Tadbir davomida doktorantlar va iqtidorli talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojat qilib, mutaxassisdan atroflicha javoblar oldilar.