🇺🇿 Yuqori Chirchiq tumanida aholi bilan ochiq va samarali muloqotni kuchaytirish, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini joylarda keng targ‘ib etish maqsadida Respublika va Toshkent viloyati ishchi guruhlaridan iborat “Ma’naviyat karvoni”ning navbatdagi tadbiri o‘tkazildi.
📑Davlatimiz Rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini Toshkent viloyatida samarali tashkil etish maqsadida maxsus ishchi guruhlar tuzilgan. Mazkur ishchi guruhlar tarkibida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yoshlar masalalari va madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh. Mirzanov ham faol ishtirok etmoqda.
✔️Ishchi guruhlar tomonidan Davlatimiz Rahbarining Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga keng tushuntirishga qaratilgan muloqot uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Ushbu uchrashuvlar davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanmoqda.
⭐️Mazkur muloqotlar aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, joylarda mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.