O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sport majmuasi (manej)da yosh atletlar o‘rtasida yengil atletika musobaqalari tashkil etildi.
👧Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va istiqlol g‘oyalarini yanada mustahkamlash, shuningdek, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etishdan iborat bo‘ldi.
➡️Musobaqalarda talaba-yoshlar turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyish etdilar. Tadbir jarayoni yuqori ruhda o‘tdi.
✔️Mazkur musobaqa Davlat madhiyamiz qabul qilingan sanaga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning amaliy davomiga aylandi.