Hurmatli talabalar!
Universitetda talabalar murojaatlarini yanada tezkor, qulay va samarali tarzda ko‘rib chiqish maqsadida “Tyutorga murojaat” axborot tizimi ishga tushirildi.
Mazkur tizim orqali har bir talaba o‘zini qiziqtirgan savollar, taklif va muammolar bo‘yicha tyutorga onlayn shaklda murojaat qilishi, murojaat holatini real vaqt rejimida kuzatib borishi hamda qisqa muddatlarda javob olishi mumkin bo‘ladi.
Axborot tizimi:
- murojaatlarni markazlashgan holda qabul qilish;
- ularni tezkor ko‘rib chiqish;
- mas’ul shaxslar faoliyatini izchil nazorat qilish;
- talabalarga qulay va shaffof xizmat ko‘rsatishni ta’minlash imkonini yaratadi.
Hurmatli talabalar, “Tyutorga murojaat” @UzDJTSU_tyutormurojaat_bot axborot tizimidan faol foydalaning!