O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida” 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida keng qamrovli targ‘ibot-seminarlar tashkil etilmoqda.
⭐️Belgilangan grafik asosida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar uchun o‘tkazilayotgan ushbu kengaytirilgan seminarlarni:
🔘N.K. Aliyev — Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi katta o‘qituvchisi,
🟣I.I. Abdullayev — Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi,
⚫️A. Boltayev — Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.
➡️Seminarlar davomida Farmonning mazmun-mohiyati, ro‘yxatga olish jarayonining ahamiyati, uning milliy statistika tizimiga ta’siri, aholini xabardor qilish va jarayonda faol ishtirok etish bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.
🟢Mazkur tadbirlar ro‘yxatga olish jarayonining to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashga, shuningdek, universitet jamoasining mazkur jarayondagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.