2025-yil 6-dekabr kuni universitetning “Sport kurashlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi tomonidan “Sport kurashlarining Olimpiya turlarini rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Tadbirda Turkiya, Ispaniya va Bangladeshdagi sport tashkilotlari vakillari ishtirok etib, quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar taqdim etdilar:
⏺Sport kurashlarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar;
🔘Ayollar sporti va gender tenglikning Olimpiya o‘yinlaridagi o‘rni;
⏺Sport kurashlarida biomexanik tahlil va harakat texnologiyalari;
⏺Sportchilarning funksional imkoniyatlarini baholashning zamonaviy ilmiy metodlari, sun’iy intellekt va innovatsion boshqaruv texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek xalqaro tajriba;
🔅Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha IV ta sho‘bada keng qamrovli ilmiy munozaralar tashkil etildi.
🌎Konferensiya davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan rus, ingliz, turk va koreys tillarida taqdimotlar o‘tkazildi.
➡️ Sho‘balar yakunida ishtirokchilarning taklif va ilmiy g‘oyalariga asoslangan amaliy xulosalar ishlab chiqildi. Tadbir so‘ngida eng faol ma’ruzachilar taqdirlandi hamda konferensiya materiallarini nashrga tayyorlash jarayoni boshlandi.