Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
✔️ Tadbir universitet Yoshlar masalalari va madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh. Mirzanovning kirish so‘zi bilan boshlandi. U o‘z nutqida yurtimizda imkoniyati cheklangan insonlar, xususan yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ko‘mak va imkoniyatlarga e’tibor qaratdi.
📑 Tadbirning faxriy mehmoni — universitet rektorining madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov tomonidan aytilgan samimiy tilaklar va diltortar taronalar yig‘ilganlar tomonidan iliq kutib olindi.
🌎Bundan tashqari, tadbirning badiiy qismi taniqli san’atkorlarning sho‘x kuy-qo‘shiqlari, shuningdek, Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi iqtidorli talabalarining ijodiy chiqishlari bilan yanada boyidi.
➡️ Tadbir yakunida sport va jamoaviy ishlarda faolligi, namunali xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh talabalar munosib taqdirlandi.