✅Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi tomonidan “Milliy qadriyatlar va ularning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati” mavzusida esselar tanlovi o'tkazildi.
➡️Tanlov kafedraning MN-51-23 hamda MN-52-23 guruhlar talabalari o'rtasida tashkil qilinib, talabalar quyidagi:
ota-onaga ehtirom, tozalik, harakatda baraka, mehmondo‘stlik, o‘zbek milliy kiyimlari, o‘zbek milliy taomlari kabi turli mavzularni tanlab olishdi. Berilgan 30 daqiqa ichida ishtirokchilar milliy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlar va ularning hozirgi kundagi ahamiyati haqida o‘z ilmiy va adabiy fikrlarini yozib berdilar.
➡️Talabalar o'rtasida o'tkazilgan “Milliy qadriyatlar va ularning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati” mavzusida esselar tanlovining maqsadi milliy qadriyatlarni yoshlar ongida uyg‘otish va ular orqali milliy madaniyatimizning davomiyligini ta'minlashdir.
🟢Bu tanlov orqali yoshlar milliy qadriyatlarni anglab, hurmat qilish, ularni saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish muhimligi haqida fikr yuritadilar. Shuningdek, bunda milliy qadriyatlar yoshlarning axloqiy, ma'naviy tarbiyasida, ularning millatiga sodiq, mas'uliyatli, insonparvar shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
🔴Bu esa yoshlarni o‘z milliy merosiga hurmat bilan qarash, madaniy o‘zlikni anglash va jamiyatda uyg‘unlikda yashashga tayyorlashga xizmat qiladi.
💠Tanlovning maqsadi ham o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoatchilik zimmasidagi vazifani yosh avlodga milliy qadriyatlarni yetkazish orqali mustahkamlashdir.
➡️Tanlovda quyidagi talabalar g'olib bo'ldilar;
1-o'rin: MN-51-23 Ingliz tili guruhi talabasi Normurodov Umidjon,
2-o'rin: MN-51-23 guruh talabasi Shamilova Barchinoy,
3-o'rin: MN-51-23 guruh talabasi Davlatova Sevinch
G'olib hamda ishtirokchi talabalarga kafedra mas'ullari tomonidan sertifikatlar va esdalik sovg'alari topshirildi.