Joriy yilning 16-oktabr kuni “Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-oʻqituvchi va talabalari “Kitob oʻqish marafoni” doirasida milliy merosga oid kitoblarni oʻqish va talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish va ularda yuksak kitobxonlik madaniyatini shakllantirishni muhokama qildilar.
Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta'kidlangan “Yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim” degan purmano so‘zlarini dasturilamal qilgan holda yoshlarimiz kitob mutolaa qilishi lozimligi aytib o‘tildi.