Joriy yilning 22-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti "Sport kurashlari nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi kurash zalida “Sport va milliy oʻyinlar festivali” doirasida sportning “Kurash regbisi” bo‘yicha 1-2-3 kurslar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.
➡️Unda jami 5 ta jamoasi (“Burgutlar”, “Shunqorlar”, “Wrestlers”, “Olimp” va “Liderlar”) o‘zaro bellashdi. Yakunda “Shunqorlar” jamoasi guruhi talabalaridan tashkil topgan jamoa jami 6 ball bilan g‘olib deb topildi. 2-o‘rinni “Burgutlar” jamoasi va 3-o‘rinni esa “Olimp” jamoasi qo‘lga kiritdi.
💠G‘olib bo‘lgan jamoa a’zolariga diplomlar topshirildi. Bellashuv so‘nggida faol qatnashgan talabalar saralab olindi hamda universitet miqyosida o‘tkaziladigan “Kurash regbisi” sport turi bo‘yicha kafedra jamoa shakllantirildi.