📣 O‘zDJTSU talabasi Kubaro Hakimova uch karra Jahon chempionati sovrindori!
➡️Nyu-Deli shahrida start olgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
✅Ayollar o‘rtasida F41 toifasida o‘tkazilgan yadro uloqtirish bahslarida ikki nafar hamyurtimiz — Kubaro Hakimova hamda Navro‘za Axmatova ishtirok etishdi. Quvonarlisi, bellashuvlar yakuniga ko‘ra, Kubaro Hakimova 10.17 m natija qayd etgan holda musobaqa vitse-chempioniga aylandi. Bu Kubaro uchun mavsumdagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
📶Navro‘za Axmatova esa 9.49 m masofaga yadro uloqtirish orqali faoliyatidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Axmatova bu ko‘rsatkich bilan Jahon chempionatida to‘rtinchi bo‘ldi.
✅Jahon chempionati
Ayollar o'rtasida yadro uloqtirish dasturi (F41)
🥇Meyerli Buitragi Arriza (Kolumbiya) - 10.21
🥈Kubaro Hakimova (O'zbekiston) - 10.17
🥉Raua Tlili (Tunis) - 9.96
🎉Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatidagi ilk medaliga ega chiqdi. Ma’lumot o‘rnida, bu 23 yashar Kubaroning Jahon chempionatlari doirasidagi uchinchi medali bo‘ldi.