O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Sportda zamonaviy innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi.
✅Anjumanning ikkinchi kuni o‘z faoliyatini yangi ruh va yuksak ilmiy saviyada boshladi. Ishtirokchilar birinchi kunda ilgari surilgan ilmiy g‘oyalar va muhokamalardan ruhlanib, yangi ma’ruzalar va sho‘ba yig‘ilishlariga katta qiziqish bilan qo‘shildilar. Tadbirning ikkinchi qismida sport ilmi, ta’lim tizimi, sog‘lom turmush tarzi va innovatsion yondashuvlarga oid dolzarb masalalar chuqur yoritildi.
Sho‘ba yig‘ilishlari quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazildi:
🔘Sport mashg‘ulotlarida innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar
🔴Sport psixologiyasi
🔘Ta’lim tizimidagi jismoniy tarbiya: muammolar va istiqbollar
🟣Sport faoliyatining tibbiy-biologik asoslari
🟡Olimpiya harakati: tarix va zamonaviylik
⚫️Inklyuziv va adaptiv jismoniy tarbiya
🔘Bolalar va o‘smirlar jismoniy tarbiyasi muammolari va istiqbollar
🟣Ayollar sporti muammolari va istiqbollar
✔️Sho‘ba yig‘ilishlarida ilmiy ma’ruzalar tinglanib, ular yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralar olib borildi. Ishtirokchilar tomonidan sport va jismoniy tarbiya tizimida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etish hamda ilmiy izlanishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
🔅Xorijiy professorlarning faol ishtiroki anjuman doirasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma loyihalar yaratish va kelgusida qo‘shma ilmiy maqolalar chop etish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Ayniqsa, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Germaniya va boshqa davlatlardan kelgan olimlarning ma’ruzalari katta qiziqish uyg‘otdi.
✅Mazkur sho‘balar doirasida bildirilgan xulosalar O‘zbekistonda sport ta’limi va ilm-fanini rivojlantirishda, yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirishda va xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim dastur bo‘lib xizmat qiladi. Shu tariqa, O‘zDJTSU 70 yilligi doirasida tashkil etilgan ilmiy anjuman nafaqat universitet, balki butun mamlakat sport sohasi uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.