✅Milliy libos – millat qiyofasi va sportdagi uyg‘unlik timsoli
🔴Milliy libos — bu xalqning o‘ziga xosligini, estetik qarashlarini va qadriyatlarini ifoda etuvchi boy madaniy merosdir. Atlas va adras matolarining betakror naqshlari va yorqin ranglari xalqimiz ruhiyatini, go‘zallik va uyg‘unlikka intilishini ifodalaydi.
🗓 2025-yil 26-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Xonatlas festivali” o‘tkazildi. Tadbirda Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan talaba-qizlar va professor-o‘qituvchilar milliy liboslarda ishtirok etib, o‘zbekona kiyinish madaniyatini sport va jismoniy tarbiya bilan uyg‘un holda namoyon etdilar.
💫 Milliy libos — bu nafaqat tashqi go‘zallik, balki sog‘lom hayot tarzini tanlagan, o‘z milliy qadriyatlariga sodiq avlod tarbiyasining yorqin ifodasidir.